Tarjimon-jurnalist ishga qabul qilinadi

Parol.uz — biznes va zamonaviy texnologiyalarga oid yangiliklari nashri uchun rus tilidan o‘zbek tiliga yozma tarjima ishlarini amalga oshiradigan jurnalist ishga qabul qilinadi.

Talablar:

  • Sohaga oid ma’lumot;
  • Rus tilini yaxshi bilish;
  • Biznes va texnologiyalarga oid terminlarni tushunish, shu yo‘nalishdagi yangiliklardan xabardor bo‘lish;
  • O‘zbek yozma tilini yaxshi bilish va qiziqarli hamda tushunarli matnlar yoza olish.

Takliflar:

  • Metro bekati yaqinida zamonaviy, shinam ofis;
  • Ish kompyuteri va boshqa zarur jihozlar;
  • Bepul tushlik va mevalar;
  • O‘z muddatida maosh va qo‘shimcha rag‘batlantirishlar.

Maosh suhbatdan so‘ng aniq ma’lum qilinadi (Kamida 1,5 million so‘m).

Suhbatga yozilish uchun Telegram orqali bog‘laning: @prolabgroup