Video-rolik montajchisi ishga qabul qilinadi

RKLM — reklama agentligiga video-roliklar (asosan reklama roliklari) montajchisi ishga qabul qilinadi.

Talablar:

  • Sohaga oid ma’lumot;
  • Montaj uchun muhim Adobe dasturlarida professional ishlay olish;
  • Yuqori darajada did sohibi bo‘lish va kreativ fikrlash;
  • Vazifalarni o‘z vaqtida, ishlarni a’lo darajada rejalashtirgan holda amalga oshirish;
  • Xalqaro darajada ishlashni maqsad qilish hamda o‘zi faxrlanadigan ishlar qilish uchun doimiy izlanish, o‘rganish va o‘z ustida doimiy ishlash.

Takliflar:

  • Metro bekati yaqinida zamonaviy, shinam ofis;
  • Ish kompyuteri va boshqa zarur jihozlar;
  • Bepul tushlik va mevalar;
  • O‘z muddatida maosh va qo‘shimcha rag‘batlantirishlar.

Maosh suhbatdan so‘ng aniq ma’lum qilinadi (Kamida 1,5 million so‘m).

Suhbatga yozilish uchun Telegram orqali bog‘laning: @prolabgroup